Biz haqimizda – Ziyoly

Ziyoly — bu 1–11-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan adaptiv onlayn ta’lim platformasi bo‘lib, aynan uyda mustaqil o‘rganish uchun ishlab chiqilgan.
Platforma farzandingizga quyidagi yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarni rivojlantirishda yordam beradi:

  • 📐 Matematika
  • 🧠 Mantiqiy fikrlash
  • 🧩 Tanqidiy fikrlash

Ziyoly har bir o‘quvchining bilim darajasini aniqlaydi, xatolarni tahlil qiladi va ularni tuzatish uchun moslashtirilgan mashqlarni taqdim etadi. Bularning barchasi shaxsiylashtirilgan tarzda va 24/7 onlayn rejimda ishlaydi.

Bizning maqsadimiz

Ta'limni innovatsiyalar orqali rivojlantirish bizning asosiy maqsadimizdir. Ziyoly o'quvchilarga o'z bilimlarini sinovdan o'tkazish, kuchli va zaif tomonlarini aniqlash hamda ularga moslashtirilgan tavsiyalar olish imkoniyatini taqdim etadi

reading

Nima uchun Ziyoly?

Platforma hozirda 1-11 sinf o‘quvchilari uchun 1500+ matematika fanidan ko‘nikmalar mavjud.

Individual yondashuv

Ziyoly har bir o‘quvchining bilim darajasini avtomatik aniqlab, aynan unga mos mashq va topshiriqlarni taklif qiladi.

Amaliy o‘rganish orqali rivojlanish

Agar bola xato qilsa, tizim batafsil tushuntirish beradi va to‘liq tushunganicha o‘xshash yangi misollarni taklif qiladi.

Kuniga 15–20 daqiqa — yetarli

Doimiy mashq qilish orqali bola bilimidagi bo‘shliqlarni tezda to‘ldiradi va o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi.

Qiziqarli va jalb qiluvchi ta’lim

Ziyoly’da o‘quvchilarni matematik bellashuvlar, challenjlarga asoslangan o‘yinlar va onlayn olimpiadalar kutadi — bu esa o‘rganishni zerikarli emas, balki zavqli qiladi.

525 000+ o‘quvchining ishonchi

Bugungi kunga kelib butun O‘zbekistonda 525 000 dan ortiq o‘quvchi Ziyoly orqali bilim olmoqda.

Bizning xizmatlarimiz

Diagnostik testlar

O'quvchilarning bilim darajasini aniqlash va ularga mos keladigan ta'lim yo'nalishlarini tavsiya qilish

Maxsus mashg‘ulotlar

O‘quvchining bilim bo‘shliqlarini to‘ldirishga mo‘ljallangan maxsus mashqlar

Foydalanuvchi uchun shaxsiy profil

O‘quvchilar o‘z natijalarini kuzatib borish va rivojlanishlarini tahlil qilishlari mumkin

Fanni o‘rganish bo‘yicha yo‘l xaritasi

Har bir o‘quvchi o‘ziga mos o‘qish rejasi asosida ta’lim oladi

Ziyoly qayerda faoliyat yuritadi?

Hozirda Ziyoly faqat O'zbekiston hududida faoliyat yuritadi va platformamizdagi kontent o'zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilgan.

Kelajak rejalari

Ziyoly doimiy ravishda rivojlanib, ta'limga innovatsion yondashuvlarni joriy etishda davom etadi. Yaqin kelajakda biz global bozorga chiqishni rejalashtiryapmiz. Shu bilan birga, fanlar doirasini kengaytirib, fizika, kimyo va biologiya kabi fanlar va SAT, GRE uchun ham qo'shimcha test va mashg'ulotlarni joriy etish ustida ishlayapmiz.

Biz bilan bog'lanish

Agar sizda savollar yoki takliflar bo'lsa, biz bilan bog'lanishdan tortinmang:

Rasmiy veb-sayt: testbor.uz

Elektron pochta: info@testbor.com

Ijtimoiy tarmoqlar: Facebook | Instagram | Telegram | Youtube

Ziyoly – kelajagingiz sari mustahkam qadam!