Kirish
Back to challenges

IBRO 2025 - Matematika

The contest has ended

Olimpiadaning uchinchi bosqichida gʻolib boʻlgan har bir ishtirokchiga quyidagi mukofotlar beriladi.
1) 2-9-sinf oʻquvchilari uchun:
1-oʻrinni egallagan ishtirokchiga – 1 mln soʻm;
2-oʻrinni egallagan ishtirokchiga – 700 ming soʻm;
3-oʻrinni egallagan ishtirokchiga – 500 ming soʻm;
4–10-oʻrinlarni egallagan ishtirokchilarga – 300 ming soʻm;
11–50-oʻrinlarni egallagan ishtirokchilarga – 200 ming soʻm;
51–100-oʻrinlarni egallagan ishtirokchilarga – 100 ming soʻm

2) 10-11-sinf (shu jumladan 1-2-bosqich) oʻquvchilari uchun:
1-oʻrinni egallagan ishtirokchiga – noutbuk;
2-oʻrinni egallagan ishtirokchiga – planshet;
3-oʻrinni egallagan ishtirokchiga – mobil telefon;
4–5-oʻrinlarni egallagan ishtirokchilarga – aqlli soat;
6–10-oʻrinlarni egallagan ishtirokchilarga – quloqchin;

3) 10-11-sinf (shu jumladan 1-2-bosqich) oʻquvchilari uchun maxsus sovgʻalar:
Barcha fanlar kesimida eng koʻp va eng tezkor toʻgʻri yechim topgan oʻquvchilarga iPhone 16 taqdim etiladi.

4) 10-11-sinf (shu jumladan 1-2-bosqich) oʻquvchilari uchun imtiyozlar:
Birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlarni egallagan (jami 6 nafar) oʻquvchilar AKITA va Toshkent shahridagi Turin Politexnika Universitetlariga 100 foiz GRANT asosida imtihonsiz qabul qilinadi.

5) Yuqori 10 talik oʻrinlarni qoʻlga kiritgan oʻquvchilarning ustozlariga Markaz va Agentlik tomonidan maxsus tashakkurnomalar beriladi.

6) Olimpiadada barcha fanlardan eng faol ishtirok etgan va yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan maktab jamoasi bosh sovrin avtomobil bilan taqdirlanadi.